Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va uni jamiyatga tatbiq etish hozirgi kunda biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini anglash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish dunyo miyosida jadal tus olganligi haqida so‘z boradi. Maqolaning maqsadi raqamli iqtisodiyotni tubdan rivojlantirish, yangiliklar kiritish, jamiyat a’zolarini raqamli iqtisodiyot haqida tanishtirish orqali ularning dasturiy savodxonligini oshirishdir
Ushbu tezisda biznes va tadbirkorlik tushunchasi, biznes va tadbirkorlik faoliyati, ularning turlari, shakllari haqida hamda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyatning o‘rni haqida so‘z boradi.
Корхоналар молиявий муносабатлари таркибида фойдани ташкил этиш ва уни солиққа тортиш муҳим аҳамият касб этади. Мазкур мақолада фойда корхона ижтимоий-иқтисодий тараққиётининг асосий белгиси сифатида талқин қилиниб, давлат бюджети учун фойда солиғини шакллантириш зарурияти асосланган. Фойдани солиққа
тортиш борасидаги мавжуд вазият таҳлил қилиниб, меъёрий-ҳуқуқий асослари кўриб чиқилган. Фойда ва фойда солиғи бўйича етакчи олимлар фикрлари таҳлил қилинган. Шунингдек, фойдани ва уни солиқ объекти сифатида шакллантириш бўйича таклиф ва
тавсиялар шакллантирилган.
Maqolada “Alpomish” dostonining o‘rganilish tarixi xususida so‘z boradi. Shuningdek, ushbu dostonning turli xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari, ulardagi umumiy va o‘ziga xos jihatlar tadqiq qilingan. Ushbu dostonning, Bulung‘ur dostonchilik maktabining atoqli namoyandasi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan varianti eng mukammal va eng badiiy jihatdan barkamoli ekanligi, binobarin, ushbu variant bo‘yicha olib borilgan ko‘plab tadqiqotlarga asos bo‘lganligi xususida fikrlar bayon qilingan. Shuningdek, maqolada ushbu doston bo‘yicha mashhur rus olimi V.M.Jirmunskiyning tadqiqotlari ham tahlil qilingan. “Alpomish” dostoni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar uch yo‘nalishga bo‘lib tekshirilgan. Birinchi bosqichda dostonning xalq baxshilaridan yozib olinish jarayoni, qachon, qaysi baxshidan, kim tomonidan yozib olinganligi, shu yozib olingan nusxa nashr qilingan bo‘lsa, kim tomonidan nashrga tayyorlanganligi, nashr qilinmagan bo‘lsa, qo‘lyozmasi qaysi xazinada saqlanayotganligi xususida ma’lumotlar berilgan.